Gradus-sutkalar: Nega ayrim hududlarda isitish harajatlari yuqori va buni qanday nazorat qilish mumkin?
Qish mavsumi kelishi bilan ko‘pchilik xonadon egalarini bir xil savol qiynaydi: "Nega qo‘shni shaharda yoki boshqa hududda yashaydigan tanishim isitish uchun mendan kamroq pul to‘laydi?" Isitish tizimi bir xil bo‘lsa-da, harajatlar o‘rtasidagi farq katta bo‘lishi mumkin. Buning asosiy sababi esa ko‘pincha biz e’tibor bermaydigan texnik ko‘rsatkich — "Gradus-sutkalar" hisoblanadi.
Gradus-sutkalar o‘zi nima?
Sodda tilda aytganda, gradus-sutkalar — bu ma’lum bir hududda isitish mavsumi qancha davom etishi va bu davr ichida havo qanchalik sovuq bo‘lishini ko‘rsatuvchi o‘lchov birligidir.
Ushbu ko‘rsatkich qish davomida uyingizni qanchalik kuchli va qancha vaqt davomida isitishingiz kerakligini belgilab beradi. Gradus-sutkalar ko‘rsatkichi qanchalik yuqori bo‘lsa:
- Isitish mavsumi shunchalik uzoq davom etadi;
- Qozonxonangiz (kotyol) yoki isitish moslamalaringiz ko‘proq quvvat bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi.
Nega bu ko‘rsatkichni bilish siz uchun muhim?
Har bir xonadon egasi o‘zi yashayotgan hududning iqlim sharoitini tushunishi kerak. Agar siz yashaydigan hududda gradus-sutkalar yuqori bo‘lsa, demak, uyingiz tashqi muhit bilan ko‘proq issiqlik almashadi.
Muammo nimada?
Agar uyingizning issiqlik izolatsiyasi talabga javob bermasa, gradus-sutkalar yuqori bo‘lgan sari:
- Issiqlik yo‘qotilishi ortadi: Uy ichidagi issiq havo devorlar, tom va pol orqali ko‘chaga "chiqib ketadi".
- Xarajatlar ko‘payadi: Isitish tizimi yo‘qotilgan issiqlik o‘rnini to‘ldirish uchun ko‘proq energiya (gaz yoki elektr) sarflaydi. Bu esa oylik to‘lovlar miqdori keskin oshishiga olib keladi.
Yechim bormi?
Iqlimni yoki gradus-sutkalar miqdorini o‘zgartira olmaymiz, lekin uydagi issiqlikni saqlab qolish o‘z qo‘limizda. Uyingizning energiya samaradorligini oshirish — bu shunchaki qulaylik emas, balki uzoq muddatli tejamkorlikdir. Sifatli issiqlik izolyatsiyasi materiallaridan foydalanish orqali siz:
- Isitish harajatlarini 40% gacha qisqartirishingiz;;
- Uyingizda barqaror mikroiqlim yaratishingiz;
- Isitish tizimining ishlash muddatini uzaytirishingiz mumkin.
Заключение: Isitishga ketayotgan ortiqcha pullaringiz ko‘chani isitishga sarflanmasligi kerak. Gradus-sutkalar ko‘rsatkichi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Thermo Plus bazalt plitalari bilan uyingiz har doim issiq, hamyoningiz esa but bo‘ladi.
Uyingiz uchun eng maqbul issiqlik yechimlarini bilmoqchimisiz? Mutaxassislarimiz bilan bog‘laning va energiya samaradorligi bo‘yicha bepul konsultatsiya oling.





