Thermo Plus korxonasida press-tur tashkil etildi
Blogerlar, qurilish sohasi vakillari va ommaviy axborot vositalari vakillari Xorazm viloyatining Urganch shahrida joylashgan, Thermo Plus savdo belgisi ostida bazalt issiqlik izolyatsion plitalar ishlab chiqaruvchi Khorezm Insulation Group korxonasida tashkil etilgan press-turda ishtirok etishdi.
Dastlab ishtirokchilar o‘z ko‘zlari bilan ishlab chiqarish jarayonini va xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlarini ko‘rishdi. Shundan so‘ng ular Yangi O‘zbekiston massivlarida, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari qurilish obyektlarida Thermo Plus bazalt izolyatsion mahsulotlarining qo‘llanilishini kuzatishdi.
Press-tur yakunida ishtirokchilar Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasini ham tomosha qilishdi.
Press-tur yakunida ishtirokchilar Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasini ham tomosha qilishdi.














