Без рубрики

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahridagi “Khorezm Insulation Group” qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahridagi “Khorezm Insulation Group” qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi

O‘zbekistonda qurilish loyihalarida energiya tejovchi texnologiyalarni qo‘llashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bois bazaltdan tayyorlangan materiallarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Tahlillarga ko‘ra, ushbu turdagi plitalarga bo‘lgan yillik ehtiyoj qariyb 80 ming tonnani tashkil etadi.

41 million yevro qiymatidagi loyiha natijasida tashkil etilgan “Khorezm Insulation Group” qo‘shma korxonasi Qoraqalpog‘istonning Qoratov tog‘laridan qazib olinadigan bazaltdan issiqlik izolyatsiyasi plitalarini ishlab chiqarmoqda.

Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 30 ming tonnani tashkil etadi. Bu esa nafaqat ichki qurilish sohasining ehtiyojlarini qondirish, balki 10 million dollarlik mahsulotni Rossiya va qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkonini beradi.

Korxonada Germaniya, Turkiya, Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Ishlab chiqarish jarayonida 300 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Prezident tashrif davomida mahsulot sifati va ishlab chiqarishning mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish zarurligini ta’kidladi.